Суббота, 23 Ноябрь 2024 11:27

Yashil makon umummilliy loyihasi dasturi ijrosi ta'minlandi

Written by



    Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг тегишли топшириқ ва қарорлари ижросини таъминлаш мақсадида, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасининг 2024 йилги кузги мавсуми доирасида “Қуюв-механика заводи” Акциядорлик жамияти бўш майдонларига умумий ҳисобда 620  дона манзарали ва мевали кўчатлар ҳамда гул кўчатлари экилди.

    Ушбу хайрли тадбирда жамият бошқарув аъзолари ҳамда барча мутахассис ходимлар бир тан-у бир жон бўлиб иштирок этган ҳолда, она табиатни асраш ва уни келажак авлодга зиёнсиз етказиб беришга ўз ҳиссаларини қўшдилар.

Понедельник, 28 Октябрь 2024 09:48

«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Written by


       O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining joriy yil 25-iyuldagi №07/2948-24 va №07/2949-24-sonli topshiriqlari va “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisining tegishli buyruqlari bilan “Quyuv-mexanika zavodi” AJda har oyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazish belgilangan.

       Shu munosabat bilan, jamiyat faollar zalida Tijorat va marketing masalalari bo‘yicha direktor M.T.Azimov ishtirokida jamiyatning iqtisodiy, moliya va tijorat kompleksi bo‘limlari yoshlari “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

       Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda dastlab, Tijorat va marketing masalalari bo‘yicha direktor M.T.Azimov so‘zga chiqib, o‘zining qisqa muddatli mehnat faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘li, temir yo‘l transportining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni hamda hozirgi kunda oldimizda turgan ulkan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Tadbirning keyingi qismi savol-javob shaklida o‘tib, jamiyat yoshlari tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mehnat unumdorligini yaxshilash, dastgohlarning texnik holatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif, savol va mulohazalarini berildi

Понедельник, 28 Октябрь 2024 09:43

«O‘zbek tili» bayrami munosabati bilan “challenge” o‘tkazildi.

Written by



21-oktabr kuni “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida “O‘zbek tili” bayrami – “davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” mavzusidagi "challenge" bo‘lib o‘tdi.


    Temir yo‘l transportida yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib keladi.

    Ushbu an’anaga sodiq qolgan holda, bugun “Quyuv-mexanika zavodi” AJ Strategik rivojlanish bo‘yicha direktor Otabek Maxmudov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2024-yil 9-sentyabrdagi 572-N sonli buyrug‘i hamda “Quyuv-mexanika zavodi” AJning tegishli buyruqlari bilan jamiyatdagi yosh mutaxassis-xodimlari o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar – 2024” ko‘rik-tanlovining “Quyuv-mexanika zavodi” AJdagi saralash bosqichi ishtirokchilarining innovatsion g‘oyalari taqdimoti bilan tanishdi.

    Taqdimotda innovatsion takliflarning texnik yechimlari, kutilayotgan samaradorlik darajasi, shuningdek, ishlab chiqarish tannarxi o‘zgarishi hamda iqtisodiy manfaatdorlik jihatlari atroflicha muhokama qilindi. Bundan tashqari, har bir innovatsion g‘oyaning ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyati va kelgusida ushbu g‘oyalardan keladigan samaraga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi. Jamiyat xodimlari tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar, ko‘rik-tanlovning temir yo‘l transporti tarmoq korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

    Temir yo‘l transporti yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik-tanlovi tashkil etilgandan buyon tanlovning sanoat yo‘nalishi bo‘yicha “Quyuv-mexanika zavodi” AJ xodimlari muntazam ravishda g‘olib bo‘lib kelishmoqda. Bu esa, “Quyuv-mexanika zavodi” AJda yoshlar bilan ishlash jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani, innovatsion ichki muhit yaratilganligi hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega kadrlar zaxirasi shakllantirilganini anglatadi.



    Ma’lumki, joriy yil oktyabr oyining so‘ngi yakshanbasida Respublikamiz hayotidagi muhim tadbirlardan biri – Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu muhim sana oldidan mahalliy kengash deputatligiga nomzodlar o‘z saylov uchastkalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.

    Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi, Bektemir tuman kengashi deputatligiga nomzod Kamoliddin Rashidov 8-“Iqbol” okrugi mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida, dastlab Kamoliddin Rashidov so‘zga chiqib, 2019-2024-yillar davomida deputatlik faoliyati bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga hisobot berdi. “Deputatlik faoliyatim davomida mahallada mavjud muammolarni o‘rganish natijasida aholining ehtiyojmand, tibbiy yordamga muhtoj 20 ta fuqarolarning davolanishiga, boquvchisini yo‘qotgan 34 nafar fuqarolarga dori-darmon uchun, nogironligi bo‘lgan  15 nafar fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan jami 180 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi” – dedi Kamoliddin Rashidov. Mahalla fuqarolari tomonidan deputatning 5-yillik faoliyati davomida mahalli aholisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori baholangan holda, iliq fikrlari, chuqur minnatdorchiliklar bildirildi.

    Shundan so‘ng, nomzod o‘zining keyingi 5-yillik dasturi to‘g‘risida taqdimot qildi. Kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar, aholi bilan ishlash hamda fuqarolar hayotini yaxshilash bo‘yicha rejalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

    “Iqbol” mahallasi fuqarolari Kamoliddin Rashidovning deputatlik faoliyatida mahalla aholisi hayotini yaxshilash uchun qilingan sa’y-harakatlari, o‘ziga bildirilgan ishonch va majburiyatlarni oqlash uchun vijdonan ish olib borganligini inobatga olgan holda bu yilgi saylovlarda ham unga ovoz berishlarini bildirishdi.



    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullayev boshchiligidagi jamiyat rahbariyati va temir yo‘l transporti sanoat korxonalari rahbarlari hamda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi A.X.Xursanov boshchiligidagi kombinat rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Dastlab, mehmonlar yaqindagina “Quyuv-mexanika zavodi” AJ bazasida Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda foydalanishga topshirilgan “Payvandlashga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ushbu markaz unikal xarakterga ega bo‘lib unda, nafaqat temir yo‘l transporti, balki boshqa sanoat tarmoqlari uchun ham yetuk payvandchilarni tayyorlash, xodimlarning malaka ko‘nikmalarini oshirish va sohadagi zamonaviy bilimlarni egallashlariga imkon yaratadi.

    So‘ngra, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot va xizmatlar qatori mehmonlarga tanishtirildi. Yuk vagonlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash, quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning sifat darajasini jamiyat laboratoriyasida sinovdan o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Kelgusida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.


    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining joriy yil 25-iyuldagi №07/2948-24 va №07/2949-24-sonli topshiriqlari va “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisining tegishli buyruqlari bilan “Quyuv-mexanika zavodi” AJda har oyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazish belgilangan.

    Shu munosabat bilan, joriy yil 20-sentyabr kuni jamiyat faollar zalida Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor F.M.Eshonqulov, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.M.Kaxxarov, Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi boshlig‘i B.T.Asamov ishtirokida Temirchilik sexi, Tayyorlov sexi, 1-vagon qurish sexi, 2-vagon qurish sexi, 3-vagon qurish sexi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda dastlab, F.M.Eshonqulov so‘zga chiqib, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning boy tarixi, hozirgi kungacha bosib o‘tgan yo‘li hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, jamiyat hayotida yoshlarning o‘rni yuqori ekanligini ta’kidlab, yetuk va malakali mutaxassis bo‘lish uchun yoshlarga o‘z hayotiy maslahatlarini berib o‘tdi.

    So‘ngra, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.M.Kaxxarov va Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi boshlig‘i B.T.Asamovlar kelgusi yillarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, jamiyat oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr bildirdilar. Mehnat muhofazasi qoidalariga e’tibor bilan amal qilgan holda, muntazam o‘z yo‘nalishi bo‘yicha texnik-texnologik hujjatlar bilan tanishib borish tavsiya etildi.

    Tadbirning keyingi qismi savol-javob shaklida o‘tib, jamiyat yoshlari tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mehnat unumdorligini yaxshilash, dastgohlarning texnik holatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif, savol va mulohazalarini berildi. Bildirilgan taklif, savol va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.


    “Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati asosiy faoliyat turi yangi yuk vagonlarini ishlab chiqarish va turli darajadagi ta’mirlash hisoblanadi. Bundan tashqari Markaziy Osiyo mintaqasi unikal sanalgan Quyuv sexida yuk vagonlarining yirik, o‘rta va kichik quyma qismlari bilan bir qatorda lokomotiv xo‘jaligi, yo‘lovchi vagonlari xo‘jaligi va boshqa sohalar uchun quyma mahsulotlar ishlab chiqariladi.

    Jamiyat muntazam ravishda eksport ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan yuk vagonlari, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni olib boradi. Xususan, bugun 10 dona eksport uchun “Bug‘doy va boshqa sochiluvchan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan vagonlar” partiyasi buyurtmachiga yuborildi.

    Ushbu vagonlar foydalanishga topshirishdan oldin, sifat va texnik ko‘rsatkichlarning o‘rnatilgan texnik-normativ hujjatlar talablariga mosligini yana bir bor tekshirish uchun maxsus ko‘rikdan o‘tkazildi. “Quyuv-mexanika zavodi” AJ Boshqaruv raisi tomonidan eksportga mo‘ljallangan vagonlarning sifat va texnik parametrlarini o‘rnatilgan texnik hujjatlar talablariga mosligini komission tekshirish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilgan va ushbu komissiya muntazam ravishda ish olib borilmoqda.


    Ma’lumki, 2024-yilning 10-12-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar temir yo‘l transport Kengashi ma’muriyatlarining vagon xo‘jaligi komissiyasining 78-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda 15 dan ortiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa davlatlardan 120 dan ortiq vakillar ishtirok yetib, vagon xo‘jaligiga tegishli dolzarb masalalar yuzasidan qizg‘in va murosali muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari “Quyuv-mexanika zavodi” AJga tashrif buyurishdi. Mehmonlarga “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi Kamoliddin Rashidov hamkorlik qilgan holda, hozirgi kundagi jamiyat ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlar qatori hamda jamiyatda ishlab chiqarilayotgan 6 turdagi yangi yuk vagonlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

    Xususan, yuk vagonlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, quyma mahsulotlarning sifat darajasi va o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligi bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli loyihalar xususida soha mutaxassislarining maslahatlari tinglandi.


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli buyrug‘i bilan mamlakatimiz mustaqilligining 33-yilligiga munosib ravishda tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyatida “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida hashar tashkillashtirildi.

Ushbu hashar davomida jamiyatning ishlab chiqarish binolari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar va jamiyat atrofidagi hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Варак 1 жами 2