Ma’lumki so‘nggi yillarda Respublikamizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlarning ko‘lami cheksiz hisoblanadi. Yoshlarning qiziqish va intilishlarini qo ‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish har bir rahbarning eng dolzard masalalaridan biri sanaladi. Shuning uchun ham kuni kecha “Yoshlar ijod saroyi”da O ‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.R.Mahmakov va transport sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik uchrashuvda “Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyatining bir guruh faol yoshlari ishtirok etdi.
Dastlab, Transport vaziri I.R.Mahkamov tomonidan transport sohisida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusidagi strategik loyihalar hamda sohaning istiqboliga bag‘ishlangan taqdimot qilindi. So'ngra tadbirning savol-javob qismiga o'tilib, yoshlarni qiziqtirgan savol va takliflari tinglandi.
Shundan so‘ng, yosh, istiqbolli, o‘z sohasida yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan bir guruh yoshlar Transport vazirligining estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.