Вторник, 24 Сентябрь 2024 10:25

Temiryo'lchilar kasb bayrami munosabati bilan "Quyuv-mexanika zavodi" AJ boshqaruv raisining tabrigi

Written by
Rate this item
(0 votes)


    Assalomu alaykum, Hurmatli va aziz temiryo‘lchilar, sanoat ishlab chiqaruvchilari!


    Siz va siz orqali temiryo‘l transportida faoliyat olib borayotgan jamoa a’zolaringizni, so‘nggi 7-yil davomida mamlakatimizda keng nishonlanib kelayotgan temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Ma’lumki, joriy yil noyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 30-yilligi keng nishonlanishi kutilmoqda. Shu qisqa davr mobaynida temir yo‘l transportini har tomonlama rivojlantirish hamda Respublikada yagona temir yo‘l tizimini yaratish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

    Butun temir yo‘l transportida bo‘lgani kabi sanoat ishlab chiqarish sohasida ham yetuk va malakali xodimlar bilan diqqatga sazovor yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlarida, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda har bir mehnat jamoasi a’zosining o‘rni beqiyos ekanligini e’tirof etib o‘tish zarur.

    Aziz hamkasblar, temir yo‘l transporti sanoati taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz har doim bardavom bo‘lsin.

    Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farovonlik va xonadoningizga tinchlik tilagan holda, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarimizda bir tan-u bir jon bo‘lib mehnat qilish nasib etishini istab qolaman.

    “Quyuv-mexanika zavodi” AJ Boshqaruv raisi

    Kamoliddin Rashidov

Read 71 times Last modified on Вторник, 24 Сентябрь 2024 10:30

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.