Пятница, 09 Август 2024 09:49

"Temiryo'chilar kuni" munosib ravishda nishonlandi.

Written by
Rate this item
(0 votes)

  Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 20 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi temir yoʼl transporti xodimlari kunini belgilash toʼgʼrisida”gi OʼRQ-449-sonli Qonuniga va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi temir yoʼl transporti xodimlari kunini nishonlash toʼgʼrisida”gi PF-5128-sonli Farmoni, shuningdek, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” Аksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining 2024 yil 11 iyuldagi “Temir yoʼl transporti xodimlari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi buyrugʼi ijrosini bajarish maqsadida “Quyuv-mexanika zavodi” Аksiyadorlik jamiyatida “Temiryoʼlchilar kuni” munosabati bilan bayram tantanalari oʼtkazildi.

    Bayram dasturi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Soʼngra “Quyuv-mexanika zavodi” АJ boshqaruv raisi Kamoliddin Rashidov soʼzga chiqib, jamiyat mehnat jamoasini “Temiryoʼlchilar kuni” munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etgan holda, oʼzining tabrik soʼzlarini yetkazdi. «Butun temir yoʼl transportida boʼlgani kabi sanoat ishlab chiqarish sohasida ham yetuk va malakali xodimlar bilan diqqatga sazovor yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” Аktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlarida, erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda har bir mehnat jamoasi aʼzosining oʼrni beqiyos ekanligini eʼtirof etib oʼtish zarur» - dedi Kamoliddin Rashidov.

    Shundan soʼng, Kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Uchqun Kahharov soʼzga chiqib, bayram dasturi ishtirokchilariga oʼzining iliq tilaklarini bildirdi.

    Tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki ruh va yaxshi kayfiyat taqdim etish uchun taklif etilgan sanʼatkor va soʼz ustalari bayram dasturi davomida oʼz chiqishlari bilan yigʼilganlarni xursand qilib borishdi.

    Tadbirning keyingi qismida, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ boshqaruvi raisining 2024 yil 12 iyuldagi 461-N sonli va 462-N sonli buyruqlariga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʼttiz uch yilligi munosabati bilan temir yoʼl transporti sohasidagi samarali mehnatlari, ishdagi yutuqlari, tashabbuskorligi hamda Temiryoʼlchilar kasb bayrami munosabati bilan bir guruh jamiyat xodimlari esdalik sovgʼalari, “Faxriy yorliq” va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

    Kontsert dasturi va taqdirlash marosimlari oʼz nihoyasiga yetgandan soʼng, mehnat jamoasi aʼzolari, faxriy xodimlar bayram dasturxoniga taklif etildi.

Read 589 times Last modified on Вторник, 13 Август 2024 17:41

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.