“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullayev boshchiligidagi jamiyat rahbariyati va temir yo‘l transporti sanoat korxonalari rahbarlari hamda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi A.X.Xursanov boshchiligidagi kombinat rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, mehmonlar yaqindagina “Quyuv-mexanika zavodi” AJ bazasida Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda foydalanishga topshirilgan “Payvandlashga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ushbu markaz unikal xarakterga ega bo‘lib unda, nafaqat temir yo‘l transporti, balki boshqa sanoat tarmoqlari uchun ham yetuk payvandchilarni tayyorlash, xodimlarning malaka ko‘nikmalarini oshirish va sohadagi zamonaviy bilimlarni egallashlariga imkon yaratadi.
So‘ngra, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot va xizmatlar qatori mehmonlarga tanishtirildi. Yuk vagonlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash, quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning sifat darajasini jamiyat laboratoriyasida sinovdan o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Kelgusida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.