Пятница, 22 Декабрь 2023 08:43

"Quyuv-mexanika zavodi" Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv a'zolari ta'yinlandi.

Written by
Rate this item
(1 Vote)



        Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-329 sonli “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyatida keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish boshlandi.

        Xususan, jamiyat tarkibidagi yirik sanoat korxonalarida boshqaruv samaradorligi va ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish, ularda zamonaviy menejment tamoyillari asosida ish yuritishni tashkil etish maqsadida, sanoat korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilmoqda.

        Jumladan, “Quyuv-mexanika zavodi” Sho’ba korxonasi ham “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i bilan joriy yilning noyabr oyidan boshlab aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

       1 dekabr kuni “Quyuv-mexanika zavodi” AJ majlislar zalida Strategik rivojlanish, sanoat faoliyatini tashkil etish va mehnat muhofazasi boshqarmasi boshlig‘i – bosh menedjer-bosh muhandis o‘rinbosari B.A.Baymanov, jamiyat boshqaruv a’zolari, yuqori va quyi bo‘g‘in rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Dastlab, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi K.T.Rashidov so‘zga chiqib, transformatsiya jarayonlari amalga oshirilgandan so‘ng jamiyat tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vagon parki ehtiyojlarini yangi yuk vagonlari bilan to‘ldirish bilan bir qatorda, eksport ko‘rsatkichlarini muntazam oshirib borish va muhim valyuta tushumlarini amalga oshirish shular jumlasidandir.

    So‘ngra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tegishli buyruqlari bilan tayinlangan “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv a’zolari jamiyat mehnat jamoasiga tanishtirildi. Har bir tayinlangan boshqaruv a’zosiga o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan individual vazifalar to‘g‘risida ko'rsatmalar berildi.

        “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv a’zolari etib quyidagilar tayinlandi:

- Strategik rivojlanish bo‘yicha direktor – O.G‘.Maxmudov;

- Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor – F.M.Eshonqulov;

- Quyuv ishlab chiqarish bo‘yicha direktor – A.M.Muxammadsoliyev;

- Iqtisod va korporativ boshqaruv bo‘yicha direktor – S.A.Xolboyev;

- Tijorat va marketing masalalari bo‘yicha direktor – M.T.Azimov;

- Moliya masalalari bo‘yicha direktor – B.B.Tojiboyev.

        ✅Boshqaruv a’zolari oldida turgan ustuvor vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ topshiriqlari hamda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari, kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, biznes-reja ko‘rsatkichlariga erishish, korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini tadbiq etish, jamiyatda korporativ kodeks normalariga amal qilinishini nazorat qilish, raqamlashtirish jarayonini kengaytirish, korportiv ijtimoiy mas’uliyatni anglagan holda, samarador boshqaruvni tashkil etishdan iboratdir.


Read 118 times Last modified on Пятница, 22 Декабрь 2023 11:01

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.