“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining joriy yil 25-iyuldagi №07/2948-24 va №07/2949-24-sonli topshiriqlari va “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisining tegishli buyruqlari bilan “Quyuv-mexanika zavodi” AJda har oyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yil 20-sentyabr kuni jamiyat faollar zalida Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor F.M.Eshonqulov, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.M.Kaxxarov, Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi boshlig‘i B.T.Asamov ishtirokida Temirchilik sexi, Tayyorlov sexi, 1-vagon qurish sexi, 2-vagon qurish sexi, 3-vagon qurish sexi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda dastlab, F.M.Eshonqulov so‘zga chiqib, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning boy tarixi, hozirgi kungacha bosib o‘tgan yo‘li hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, jamiyat hayotida yoshlarning o‘rni yuqori ekanligini ta’kidlab, yetuk va malakali mutaxassis bo‘lish uchun yoshlarga o‘z hayotiy maslahatlarini berib o‘tdi.
So‘ngra, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.M.Kaxxarov va Ishlab chiqarishni koordinatsiyalash bo‘limi boshlig‘i B.T.Asamovlar kelgusi yillarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, jamiyat oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr bildirdilar. Mehnat muhofazasi qoidalariga e’tibor bilan amal qilgan holda, muntazam o‘z yo‘nalishi bo‘yicha texnik-texnologik hujjatlar bilan tanishib borish tavsiya etildi.
Tadbirning keyingi qismi savol-javob shaklida o‘tib, jamiyat yoshlari tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mehnat unumdorligini yaxshilash, dastgohlarning texnik holatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif, savol va mulohazalarini berildi. Bildirilgan taklif, savol va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.