Вторник, 24 Сентябрь 2024 10:33

“Quyuv-mexanika zavodi” AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi

Written by
Rate this item
(0 votes)


    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosarining joriy yil 25-iyuldagi №07/2948-24 va №07/2949-24-sonli topshiriqlari va “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisining tegishli buyruqlari bilan “Quyuv-mexanika zavodi” AJda har oyda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazish belgilangan.

    Shu munosabat bilan, joriy yil 20-avgust kuni jamiyat faollar zalida Quyuv ishlab chiqarish bo‘yicha direktor A.M.Muxammadsoliyev ishtirokida Quyuv sexi va Metallurgiya va modellashtirish bo‘limi yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda dastlab, A.M.Muxammadsoliyev so‘zga chiqib hozirgi kunda Respublikamizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va yengilliklar, bilim olish, kasb o‘rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida ma’ruza qildi. Uchrashuvning keyingi qismida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va masalalarga javob olishdi.

Read 88 times Last modified on Вторник, 24 Сентябрь 2024 10:36

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.