Четверг, 17 Октябрь 2024 11:03

Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi oldidan saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Written by
Rate this item
(0 votes)



    Ma’lumki, joriy yil oktyabr oyining so‘ngi yakshanbasida Respublikamiz hayotidagi muhim tadbirlardan biri – Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu muhim sana oldidan mahalliy kengash deputatligiga nomzodlar o‘z saylov uchastkalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.

    Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi, Bektemir tuman kengashi deputatligiga nomzod Kamoliddin Rashidov 8-“Iqbol” okrugi mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida, dastlab Kamoliddin Rashidov so‘zga chiqib, 2019-2024-yillar davomida deputatlik faoliyati bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga hisobot berdi. “Deputatlik faoliyatim davomida mahallada mavjud muammolarni o‘rganish natijasida aholining ehtiyojmand, tibbiy yordamga muhtoj 20 ta fuqarolarning davolanishiga, boquvchisini yo‘qotgan 34 nafar fuqarolarga dori-darmon uchun, nogironligi bo‘lgan  15 nafar fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan jami 180 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi” – dedi Kamoliddin Rashidov. Mahalla fuqarolari tomonidan deputatning 5-yillik faoliyati davomida mahalli aholisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori baholangan holda, iliq fikrlari, chuqur minnatdorchiliklar bildirildi.

    Shundan so‘ng, nomzod o‘zining keyingi 5-yillik dasturi to‘g‘risida taqdimot qildi. Kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar, aholi bilan ishlash hamda fuqarolar hayotini yaxshilash bo‘yicha rejalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

    “Iqbol” mahallasi fuqarolari Kamoliddin Rashidovning deputatlik faoliyatida mahalla aholisi hayotini yaxshilash uchun qilingan sa’y-harakatlari, o‘ziga bildirilgan ishonch va majburiyatlarni oqlash uchun vijdonan ish olib borganligini inobatga olgan holda bu yilgi saylovlarda ham unga ovoz berishlarini bildirishdi.

Read 86 times Last modified on Четверг, 17 Октябрь 2024 11:07

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.