Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi! hamda "Shuhrating porlasin toki bor jahon!" shiorlari ostida 8 dekabr – Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 10 dekabr "Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan "Quyuv-mexanika zavodi" АJ da ishchi-xodimlar ishtirokida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” hamda "Shuxrating porlasin toki bor jahon!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Xalqaro fanlar akademiyasining akademigi Raximboy Jumaniyozov yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, Аsosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʼoyalari toʼgʼrisida fikr-mulohazalarini bildirdi.