Вторник, 26 Декабрь 2023 00:52

"InterRail Expo": "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Xitoy xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Written by
Rate this item
(0 votes)

 

          2023-yil 8-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Chjuchjou shahridagi Xunan provinsiyasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari X.Raxmetov boshchiligidagi delegatsiya "InterRail Expo" Xitoy xalqaro temir yo'l transporti va temir yo'l uskunalari ishlab chiqarish sanoati ko'rgazmasida ishtirok etdi.

            Shuni ta'kidlash kerakki, "InterRail Expo" Xitoy savdo-sotiqni rivojlantirish assotsiatsiyasi va Xunan provinsiyasi Xalq hukumati tomonidan tashkil etilgan temir yo'l sohasidagi yetakchi iqtisodiy-savdo ko'rgazmasi hisoblanadi. Ko'rgazmaga dunyoning turli mintaqalaridan, jumladan, Yevropa, Amerika, Afrika, Markaziy Osiyo, yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodan 1200 dan ortiq mehmon va 600 ta korxona taklif qilindi.

            Ko'rgazma temir yo'l transporti uskunalarini ishlab chiqarish, asosiy qismlar va xom ashyo, aqlli tizimlar, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish va innovatsion temir yo'l transportini ishlab chiqarish uchun butun sanoat bo'ylab loyihalash bo'yicha maslahatlarni o'z ichiga oladi.

            Bundan tashqari, 2023 yilgi Xitoy xalqaro temir yo'l transporti va uskunalar ishlab chiqarish sanoati ko'rgazmasi "InterRail Expo" ochilishi doirasida temir yo'l transporti bo'yicha Jahon Syangjiang forumi bo'lib o'tdi. Forumda xorijiy mamlakatlar vakillari, Xunan provinsiyasi gubernatori, partiya qo'mitasi a'zolari, Vazirlar, akademiklar, "China Railway Corporation Limited" direktorlar kengashi raisi va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.

Read 390 times Last modified on Вторник, 26 Декабрь 2023 00:54

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.