Пятница, 18 Октябрь 2024 10:15

«Innovatsion g‘oyalar – 2024» ko‘rik-tanlovining “Quyuv-mexanika zavodi” AJdagi saralash bosqichi o‘tkazildi.

Written by
Rate this item
(0 votes)


    Temir yo‘l transportida yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib keladi.

    Ushbu an’anaga sodiq qolgan holda, bugun “Quyuv-mexanika zavodi” AJ Strategik rivojlanish bo‘yicha direktor Otabek Maxmudov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2024-yil 9-sentyabrdagi 572-N sonli buyrug‘i hamda “Quyuv-mexanika zavodi” AJning tegishli buyruqlari bilan jamiyatdagi yosh mutaxassis-xodimlari o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar – 2024” ko‘rik-tanlovining “Quyuv-mexanika zavodi” AJdagi saralash bosqichi ishtirokchilarining innovatsion g‘oyalari taqdimoti bilan tanishdi.

    Taqdimotda innovatsion takliflarning texnik yechimlari, kutilayotgan samaradorlik darajasi, shuningdek, ishlab chiqarish tannarxi o‘zgarishi hamda iqtisodiy manfaatdorlik jihatlari atroflicha muhokama qilindi. Bundan tashqari, har bir innovatsion g‘oyaning ishlab chiqarishga tatbiq etish imkoniyati va kelgusida ushbu g‘oyalardan keladigan samaraga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi. Jamiyat xodimlari tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar, ko‘rik-tanlovning temir yo‘l transporti tarmoq korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

    Temir yo‘l transporti yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik-tanlovi tashkil etilgandan buyon tanlovning sanoat yo‘nalishi bo‘yicha “Quyuv-mexanika zavodi” AJ xodimlari muntazam ravishda g‘olib bo‘lib kelishmoqda. Bu esa, “Quyuv-mexanika zavodi” AJda yoshlar bilan ishlash jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani, innovatsion ichki muhit yaratilganligi hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega kadrlar zaxirasi shakllantirilganini anglatadi.

Read 145 times Last modified on Понедельник, 28 Октябрь 2024 09:55

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.