Четверг, 04 Январь 2024 15:22

Boshqaruv raisining bayram tabrigi

Written by
Rate this item
(0 votes)

Hurmatli, “Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati xodimlari, aziz temiryo‘lchilar!

Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024 yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Siz va oilangizni tinchlik-totuvlik, qut-baraka va sog‘liq-salomatlik hech qachon tark etmasin.

Barchangizga ma’lumki, o‘z yakuniga yetayotgan 2023 yil “Quyuv-mexanika zavodi” AJ uchun o‘ziga xos tarixiy yil bo‘ldi. Xususan, Muhtaram Prezidentimiz qarorlari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyruqlari bilan tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etildi. Bu esa o‘z navbatida, biz temiryo‘lchilarga Respublika miqyosidagi alohida e’tibor qaratilayotganini anglatib, biz uchun o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi. Bundan keyingi yillarda ham mamlakatimizning barcha sanoat tarmoqlari uchun yangi yuk vagonlari, quyma mahsulotlar, turli qiyinlik darajasidagi metallkonstruksiya va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Sizlarni yana bir bor, yangi 2024 bilan yil chin yurakdan tabriklagan holda, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

“Quyuv-mexanika zavodi” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Kamoliddin Rashidov.

Read 696 times Last modified on Четверг, 04 Январь 2024 15:40

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.